Salixov Omonulla Raxmatullayevich
Rektor
Seshanba, Payshanba
13:00 - 16:00
Omonulla Salixov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Maʼlumoti oliy. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini “Mahobatli rangtasvir” yo‘nalishi bo‘yicha 2007-yilda bakalavr, 2009-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
2014-2016-yillar – Respublika rassomlik kolleji direktorining kasbiy ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari.
2017-2018-yillar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti dekan o‘rinbosari.
2018-2019-yillar – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ta’lim muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash bo‘lim boshlig‘i.
2019-2022-yillar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori.
2022-2023-yillar. – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va badiiy loyihalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.
2023-2023-yillar – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn bo‘limi boshlig‘i.
2023-2025-yillar – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i.
2025-yildan hozirgacha – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori.