Talabalar uchun nomdor stipendiyalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi
2. Navoiy nomli davlat stipendiyasi
3. Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi
4. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi
5. Shamsiro’y Xasanova nomidagi maxsus stipendiyasi (xotin qizlar uchun )
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasida faqat 3-kursda tahsil olayotkan talabalar qatnasha oladi.
1. Talabgor a’lo o‘zlashtirishga ega bo‘lishi. (o‘qishni birinchi kursidan boshlab barcha o‘quv semestirlarini faqat a’lo baholarga o‘zlashtirgan bo‘lishi shart )
2. Cinov daftarchasidan qo‘chirma
3. Fakultet dekani tavsiyanomasi;
4. Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
5. Ilmiy rahbar xulosasi;
6. Talabalik davrida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
7. Talabalik davrida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi (kamida ikkita ilmiy maqola)
8. Talabalik davrida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar)
9. O‘zbekiston tarixi, davlat tili va kamida bitta xorijiy tilni bilishi shart.
Quydagi keltirilgan xujatlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” ga taqdim etishlari lozim. (1-iyun sanasiga qadar)
Nomzod universitet ichida tanlanadi: talaba portfolioni tayyorlaydi, hujjatlarni dekanat yoki rektoratga topshiradi. Ilmiy kengash uning yutuqlarini ko‘rib chiqib, tanlovga nomzod sifatida tavsiya qiladi.
Shundan keyin nomzod maxsus testlardan o‘tadi. Bu testlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalar Vazirlikka taqdim etiladi.
Keyingi bosqichda Oliy ta’lim vazirligi ekspert komissiyasi nomzodning portfoliosi va test natijalarini baholaydi va tanlov yakunida stipendiatlarni aniqlaydi.
Nomzodlar oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tanlab olinadi va maxsus test sinovlaridan o‘tadi. Stipendiya 1 sentyabrdan boshlab bir yil muddatga tayinlanadi.
Ushbu stipendiya sohibi bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil davomida magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Stipendiya miqdori ( 2 410 695 so‘m )
Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari
Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari bakalavriat bosqichining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga tayinlanadi. Ushbu stipendiyalar belgilangan kvota asosida beriladi.
1. Talabgor a’lo o‘zlashtirishga ega bo‘lishi. ( so‘ngi 2 o‘quv yilidagi baholari alo bo‘lishi shart )
2. Cinov daftarchasidan qo‘chirma
3. Fakultet dekani tavsiyanomasi;
4. Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
5. Ilmiy rahbar xulosasi;
6. Talabalik davrida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
7. Talabalik davrida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi (kamida ikkita ilmiy maqola)
8. Talabalik davrida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar)
9. O‘zbekiston tarixi, davlat tili va kamida bitta xorijiy tilni bilishi shart.
10. O‘zbekiston tarixi, davlat tili va kamida bitta xorijiy tilni bilishi shart
Quydagi keltirilgan xujatlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” ga taqdim etishlari lozim. ( 1-iyun sanasiga qadar)
Ilmiy kengash uning yutuqlarini ko‘rib chiqib, tanlovga nomzod sifatida tavsiya qiladi.
Shundan keyin nomzod maxsus testlardan o‘tadi. Bu testlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida o‘tkaziladi. Yakuniy natijalar Vazirlikka taqdim etiladi.
Keyingi bosqichda Oliy ta’lim vazirligi ekspert komissiyasi nomzodning portfoliosi va test natijalarini baholaydi va tanlov yakunida stipendiatlarni aniqlaydi.
Nomzodlar oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tanlab olinadi va maxsus test sinovlaridan o‘tadi. Stipendiya 1 sentyabrdan boshlab bir yil muddatga tayinlanadi.
Ushbu stipendiya sohibi bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil davomida magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Stipendiya 1 sentyabrdan boshlab bir yil muddatga tayinlanadi. Ushbu stipendiya sohibi bakalavriatni tugatgandan so‘ng bir yil davomida magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Stipendiya miqdori (1 607 130 so‘m )
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga tayinlanadi.
Talabgor ixtisoslik fanlaridan faqat a’lo baholar bilan o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
1. Kerakli hujjatlar:
2. Reyting daftarchasidan ko‘chirma;
3. Fakultet dekani tavsiyanomasi;
4. Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
5. Ijodiy, ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
6. Shaxsiy ko’rgazmasini tashkil etganligini tasdiqlovchi hujjatlari;
7. Soha bo’yicha kamida 2 nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;
8. Erishgan yutuqlarini,OAV da chiqishlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar).
Quydagi keltirilgan xujatlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” ga taqdim etishlari lozim. ( 1-iyun sanasiga qadar)
Davlat stipendiyasini tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish talabgorlarning o‘quv va ijodiy (ilmiy) faoliyati mazkur Nizomga 2 ilovada keltirilgan baholash mezonlari orqali baholangan holda davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy kengashlar qarori, nomzodlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalarining veb saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Ilmiy kengashlarning qarorlari tizimida davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning Badiiy akademiyaga davlat stipendiyasini tayinlash to‘g‘risida tavsiyanomalarni jo‘natishi uchun asos bo‘ladi.
Badiiy akademiya davlat stipendiyasiga talabgorlar orasidan munosibini tanlab olish maqsadida Badiiy akademiya raisining buyrug‘i bilan 9 — 15 nafar a’zodan iborat Ekspert guruhi tuziladi
Stipendiya 1 sentyabrdan boshlab bir yil muddatga tayinlanadi. Ushbu stipendiya sohibi bakalavriatni tugatgandan so‘ng bir yil davomida magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Stipendiya miqdori ( 1 607 130 so‘m )
Shamsiro‘y Xasanova nomidagi institut stipendiyasi
Shamsiro‘y Xasanova nomidagi institut stipendiyasi institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.
Stipendiya bakalavriatning 2–3-bosqich hamda magistratura 1-bosqichida o‘qiyotgan, semestr natijalarida fanlarning ko‘pi bilan 25 foizi “4” baho va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etgan 7 nafar talaba-qizga tanlov asosida tayinlanadi. Tanlov yiliga ikki marotaba o‘tkaziladi.
Institut stipendiyasi institutning dastgohli rangtasvir, rangtasvir, grafika va miniatyura, haykaltaroshlik, amaliy san’at va dizayn yo‘nalishlarida tayinlanadi.
Stipendiyaga talabgor talabalarning arizalari va tegishli hujjatlari tanlov bo‘yicha e’lon chiqqan kundan boshlab bakalavriat va magistratura bosqichi talabalaridan o‘n ish kuniga qadar qabul qilinadi.
Stipendiyaga talabgorlarni dastlabki saralash bosqichi har bir fakultetnıng o‘zida o‘tkaziladi. Saralash bosqichidan yuqori natijalar bilan keyingi bosqichga tavsıya etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi asosli ma’lumotlar va ularning yıg‘majild hujjatlari tegishliligi bo‘yicha fakultet dekanlari tomonidan imzolangan holda institutnıng Ilmiy bo‘limıga taqdim etiladi
Talabgorlar taqdim qilishi kerak bo‘lgan xujatlar;
1. Bakalavriat va magistratura yo‘nalishi talabalarining sinov daftarchasidan ko‘chirma (ko‘chirma fakultet dekanining muhri bilan tasdiqlanadi);
2. talabgor ijodiy ishi namunalarining badiiy xulosasi. Bunda, nomzodlarga berilgan badiiy hulosalar fakultetning yetakchi professor-o‘qituvchilar imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
3. San’atshunoslik va muzeyshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabgorlar uchun esa ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza tezis/maqolalari, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari ro‘yxati va nusxalari ilmiy xulosasi. Bunda, fakultetda yetakchi professor-o‘qituvchilar imzolari bilan tasdiqlangan holda bo‘lishi shart.
4. talabgorning ilmiy-ijodiy ishlariga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan berilgan taqriz va fikrnomalar;
Quydagi keltirilgan xujatlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi” ga taqdim etishlari lozim.
shuningdek, talabgorlarning institut tashkiliy ishlaridagi faolligi va jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi inobatga olinadi.
Talaba tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, noto‘g‘ri kiritilishi yoki kamchiliklarga ega bo‘lishi talabaning umumiy baholash natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Nomzodlar o‘quv ko‘rsatkichlari, ijodiy ishlari, ilmiy maqolalari, ko‘rik-tanlov va konferensiyalardagi ishtiroki, milliy san’at an’analarini zamonaviy talqinda yoritishi hamda institut jamoat ishlaridagi faolligi asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Saralash fakultet bosqichida boshlanib, yakuniy bosqichda Ekspert guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va institut Kengashiga tavsiya etiladi. Rektor buyrug‘i tasdiqlangach, stipendiya tayinlanadi.
Stipendiya har semestr yakunida bir o‘quv semestri muddatiga, bazaviy stipendiyaning bir baravari miqdorida beriladi. G‘oliblarga “Shamsiro‘y Xasanova stipendiyasining sohibasi” guvohnomasi tantanali ravishda topshiriladi
Stipendiya bo‘yicha qandaydur savollar bo‘lsa Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojat qilishingizni so‘raymiz.