TALABALAR TURAR JOYI
Talabalar turar joylariga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2023-yil
14-avgustdagi 376-son qarori asosida tashkil etiladi. Qarorning 5-bandida keltirilgan imtiyozlar “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar, Xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar, Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari, Ijtimoiy reeyistrga kiritilgan oilalar farzandlari; Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi asosida, Xalqaro va Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar, Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan “Zakovat” intellektual oʻyinlari respublika bosqichi gʻoliblari, “Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari, “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari, Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar birinchilardan bo’lib talabalar turar joylariga joylashadilar. Institut tomonidan talabalarni turar joy bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi, Institutda tahsil oluvchi va talabalar turar joyida yashovchi quyidagi toifaga kiruvchi talabalar
2025-2026-o’quv yili davomida qadar quyidagi tartibda:
- chin yetim, ota-onasi (har ikkisi) vafot etgan talabalar, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari bo’lgan talabalar, “Temir daftar”da turadigan talabalar - har oylik
100 % miqdorida;
- Nogironligi bor, Talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari - har oylik 50 % miqdorida;
- Ayollar daftarida turuvchi oila farzanlari - har oylik 25 % miqdorida institut Talabalar turar joylarida yashash to’lovlaridan o’rnatilgan tartibda ozod qilinadi.
Talabalar turar joyi institut ichki tartib qoidalari nizomi, Talabalar turar joyi “Talabalar kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Institut Talabalar turar joyi zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lib, qulay va xavfsiz muhit yaratilgan, Talabalarning dars qilishlari uchun alohida ustaxonalar tashkil etilgan; Talabalar turar joyida internet, kutubxona, dam olish xonalari, stol tennisi xonalari mavjud; Tarbiyachi-pedagoglar tomonidan doimiy nazorat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi