Karyera Markazi

                                                                             Karyera markazi
    Maqsad va vazifalari:
Asosiy maqsadi: Talabalarning nazariy bilimlarini mehnat bozori talablari bilan integratsiya qilish hamda bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish.
Asosiy vazifalari: 
•    Bandlikka ko‘maklashish: bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
•    Kasbiy tayyorgarlik: Talabalarga zamonaviy rezyume (CV) yozish, partfoliyo shakllantirish va intervyudan muvaffaqiyatli o‘tish sirlarini o‘rgatish;
•    Monitoring: Bitiruvchilarning ishga joylashish dinamikasini tahlil qilish va ularning karyera o‘sishini kuzatib borish;
•    Tadbirlar tashkil etish: “Karyera kunlari”, bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkalari va soha mutaxassislari bilan mahorat darslarini o‘tkazish;
•    Hamkorlik: Davlat va xususiy sektor (dizayn studiyalari, galereyalar, nashriyotlar) bilan amaliyot va stajirovka shartnomalarini tuzish.
•    Bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish;
•    Talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va ularni mehnat bozori talablariga tayyorlash;
•    Ish beruvchi va institut o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini o‘rnatish.

Institut talabalari uchun maxsus resurslar:
Partfoliyo joylashtirish uchun asosiy platformalar:
•    Behance.net – Dizaynerlar va rassomlar uchun dunyodagi 1-raqamli tarmoq. Bu yerda ish namunalari loyiha ko‘rinishida taqdim etiladi.
•    Adobe Portfolio – Behance bilan integratsiyalashgan, shaxsiy veb-sayt ko‘rinishidagi portfoliyo yaratish vositasi.
•    Dribbble.com – Asosan UI/UX dizaynerlar va illyustratorlar uchun “sharlar” (kichik ish namunalari) platformasi. 
•    ArtStation.com – Game-design, 3D modellashtirish va raqamli rassomlar uchun platforma.

Ish izlayotgan talabalar qaysi platformalardan ma’lumot olishlari mumkin?
•    Career.edu.uz (Graduate Employment Platform of Uzbekistan) – Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirish va mehnat bozori bilan bog‘lashga xizmat qiluvchi milliy onlayn platforma
•    Karyera yo‘llari (Career Paths): har bir yo‘nalish bitiruvchilari qaysi sohalarda ishlashi mumkinligi haqida ma’lumotlarni https://careercentre.uz orqali olishlari mumkin.
•    Prospects.ac.uk (Art & Design Careers) – San’at sohasi vakillari qayerda ishlashlari mumkinligi haqidagi dunyodagi eng batafsil va ishonchli manba
•    LinkedIn Career Explorer – Muayyan mutaxassislik egalari hozirda qaysi lavozimlarda ishlayotganini ko‘rsatuvchi real tahliliy vosita.
•    Ish.uz va HH.uz (HeadHaunter) – O‘zbekistondagi real vakansiyalar orqali dizayner va rassomlarga qo‘yilayotgan talablar va bo‘sh ish o‘rinlarini tahlil qilish mumkin bo‘lgan manba.

Amaliyot 
•    Talabalar amaliyoti: amaliyot haq to‘lanadigan va haq to‘lanmaydigan amaliyotga ajraladi.
Amaliyot 2 turga bo‘linadi. 
•    O‘quv va malakaviy amaliyot (pedagogik, ilmiy, malakaviy, bitiruv): institutning o‘quv rejasi asosida majburiy bo‘lgan, odatda haq to‘lanmaydigan, lekin kredit-modul tizimi uchun ball beradigan amaliyot.
•    Ixtiyoriy (Mustaqil) amaliyot: Talabaning bo‘sh vaqtida (yozgi ta’til) o‘z xohishi bilan topgan amaliyoti. Bu ko‘pincha haq to‘lanadigan (paid internship) bo‘lishi mumkin.

Amaliyotga chiqayotgan talaba uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar.
•    Yo‘llanma: institut tomonidan beriladigan rasmiy xat.
•    Uch tomonlama shartnoma: institut va ish beruvchi, talaba o‘rtasidagi kelishuv.
•    Amaliyot kundaligi: Talaba bajargan ishlarni qayd etib boruvchi hujjat.


•    Karyera yarmarkalari: institutda o‘tkaziladigan “Karyera kunlari” va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar jadvali tuzib chiqiladi. Uchrashuvlar tashkil etiladi. Uchrashuv tashkilotda, institut hududida bo‘lishi mumkin. Bitiruvchilar kerakli ma’lumotlarni o‘zlarini qiziqtirgan savollarning javoblarini olish imkoniga ega bo‘ladi.

Rezyume (CV) va Muqova xati (Cover Letter):
Rezyume (CV) (fransuzcha resume – “qisqacha mazmun” ) bu talabaning ma’lumoti, ish tajribasi, ko‘nikmalari va yutuqlari haqida qisqa (odatda 1-2 betlik) ma’lumot beruvchi rasmiy hujjatdir. Uning asosiy vazifasi – ish beruvchida ijobiy ifoda qoldirish va talabani suhbatga taklif qilishlariga erishish vositasidir.
Rezyume (CV) yaratish uchun eng yaxshi servislar:
•    Canva CV Builder – rassom va dizaynerlar uchun vizual jihatdan boy va kreativ andozalar (eng ommabop).
•    Europass CV – Yevropa standartlaridagi rasmiy va akademik rezyume shakli (stajirovka va o‘qishga topshiruvchilar uchun).
•    Novoresume – Zamonaviy, sodda va ish beruvchi tizimlari (ATS) oson o‘qiydigan professional shablonlar.
•    Kickresume – Turli kasb egalarining (shu jumladan dizaynerlarning) muvaffaqiyatli o‘tgan rezyumelaridan namunalar bazasi.
Muqova xati (inglizcha cover letter) – bu rezyume yoki portfolioga qo‘shimcha ravishda yuboriladigan, talabaning nima uchun aynan shu ishga yoki o‘qishga munosib ekanligingizni tushuntirib beruvchi motivatsion maktubdir. Agar rezyume talabaning “kim” ekanligini (faktlarni) ko‘rsatsa, muqova xati uning “nima uchun” bu ishni xohlayotganligini va qanday qilib tashkilotga foyda keltirishi mumkinligini hikoya qiladigan vositadir.

Aloqa 

•    Institut platformasi: “Karyera markazi” markaz faoliyati yuzasidan barcha ma’lumotlar va yangiliklarni yoritib boruvchi platforma.
•    Aloqa: “Karyera markazi” rahbari Xolboyeva Ra’no Anvarovna, tel: 97/155-07-96.

MRDI