Institut Nizomi

1.1. Mazkur Ustav О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3219-sonli hamda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.2. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti О‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi о‘rinlarda matnda MRDI yoki institut, deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida» 1997 yil 23 yanvardagi 1701-sonli Farmoni asosida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida” 1997 yil 11 martdagi 131- sonli qarori bilan tashkil etilgan va О‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

MRDI avval Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining 2001 yil 6 dekabrdagi 1465-sonli qarori bilan, keyinchalik esa yuridik manzili о‘zgarishi munosabati bilan Tadbirkorlik subyektlarini rо‘yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2009 yil 7 oktabrdan 000413-04 reyestr tartib raqami bilan davlat rо‘yxatiga olingan.

1.3. MRDI davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim Dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq о‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek, boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini kо‘rsatadi.

1.4. MRDI о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

1.5. MRDI yuridik shaxs shaklidagi О‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi. Operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, о‘z majburiyatlari bо‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi, о‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bо‘lishi mumkin.

 

1.6. Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta bо‘yicha hisob raqamlariga, О‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va о‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

1.7. MRDI internet tizimida о‘zining rasmiy mrdi.uz saytiga ega.

1.8. MRDI joylashgan manzil: 700000, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshox kо‘chasi 123-uy; tel: 255-18-33, 255-96-67 faks:255-18-92.

1.9. MRDIning rasmiy nomi:

• о‘zbek tilidagi tо‘liq nomi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;

• qisqacha nomi – MRDI;

• rus  tilidagi tо‘liq nomi    – Natsionalniy institut xudojestv i dizayna imeni Kamoliddina Bexzoda;

• qisqacha nomi – NIXD;

• ingliz tilidagi nomi:        National institute of Fine Art and design named after Kamoliddin Bekhzod;

• qisqacha nomi – NIFAD.

 

II. MRDIning asosiy maqsad va vazifalari

2.1. О‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yо‘lida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bо‘yicha zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash MRDIning asosiy maqsadi hisoblanadi.

2.2. Quyidagilar MRDIning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-Institutda davlat ta’lim standarti, malaka talablari, о‘quv reja va о‘quv fan dasturlariga muvofiq о‘qitish sifatini ta’minlash;

о‘quv jarayonini (amaliyot, stajirovka) kadrlar iste’molchilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish;

-ilm-fan, madaniyat, texnika, texnologiyalar, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodi va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash uslublarini tizimli takomillashtirish;

-iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

-ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan va madaniyatni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

о‘qitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini amaliyotga joriy qilish;

-shaxsning intellektual, ijodiy, madaniy va ma’naviy – ahloqiy kamol topishiga bо‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;

-har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, о‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi о‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

-jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;

-aholi о‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini kо‘tarish;

-oliy ta’lim sohasida о‘zaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

III. О‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning subyektlari, ularning huquq va majburiyatlari

a). Bakalavriat va magistratura talabalari:

3.1. MRDI rektorining buyrug‘i bilan о‘qishga qabul qilingan shaxs MRDIning bakalavriat yoki magistratura talabalari hisoblanadi. Bakalavriat va magistratura talabalariga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.

MRDIga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi ma’lumotiga ega bо‘lgan shaxslar arizalariga binoan О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bо‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlari natijalariga kо‘ra tо‘plangan ballarning reyting tizimi bо‘yicha amalga oshiriladi.

MRDIga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham tо‘lov-kontrakt bо‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, ijodiy imtihonlar va test sinovlarida eng yuqori ball tо‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bо‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taminlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon va test ballari reytingi asosida belgilangan tо‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihon, test sinovlarsiz muayyan imtiyoz asosida ham о‘qishga qabul qilish kafolatlanadi

3.2. MRDI bakalavriat yoki magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:

-fan, texnika, san’at va madaniyat, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;

-institut axborot resurs markazida mavjud bо‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

– bepul maslahatlar va yо‘l-yо‘riqlar olish;

-auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan о‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

-ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan о‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish va ularning kо‘rib chiqilishini talab qilish;

-institut va fakultet miqyosida о‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;

-ilmiy-ijodiy, tadqiqot ishlarida, kо‘rgazma, kо‘rik-tanlovlar va ilmiy konferensiyalarda qatnashish va ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;

-institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bо‘lish va ular ishida qatnashish.

Bakalavriat va magistratura talabalari sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bо‘yicha yuqori malakali mutaxassis bо‘lib yetishish uchun zarur bо‘lgan qonun hujjatlariga zid bо‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Talaba о‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan о‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

3.3. Davlat grantlari bо‘yicha va tо‘lov-kontrakt asosida о‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.

Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, о‘qishga yо‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.

3.4. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risida” Nizomlarni tasdiqlash haqida 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, harbiy xizmatni о‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarishlash ta’tillari davrida talabaga О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

3.5. О‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq kunduzgi о‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida о‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

 

3.6. MRDIning Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya meyorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar  joylarida talabalarga kommunal-maishiy xizmatlar uchun tо‘lovlar institut tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bо‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat berilmaydi.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda о‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga о‘qishdan bо‘sh vaqtlarida institutning о‘zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat beriladi.

3.7. MRDIdan о‘z xohishi yoki uzrli sabablarga kо‘ra talabalar safidan chetlashtirilgan talaba, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta о‘qishga tiklanish huquqiga ega.

Ilgari oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha о‘quv shakllari bо‘yicha talabalar safiga qayta tiklash tо‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

MRDIning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida institutdagi boshqa ta’lim yо‘nalishiga va boshqa oliy ta’lim muassasalariga о‘qishlarini kо‘chirish (о‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

О‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bо‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bо‘limlar, о‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni MRDIga  о‘qishini kо‘chirish (о‘qishga tiklash) mumkin emas.

Talabalar о‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3.8. MRDI talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va о‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda MRDIning Ustaviga, Ichki tartib qoidalari va Talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.

О‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni о‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bо‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

3.9. Ushbu Ustav va oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgani taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari kо‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi

mumkin:

a) о‘z xohishiga binoan;

b) о‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga kо‘chirilishi munosabati bilan; v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

g) akademik о‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;

d) о‘quv intizomini va institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

ye)bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

yo) о‘qish uchun belgilangan tо‘lov о‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (tо‘lov-kontrakt bо‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; z) vafot etganligi sababli

MRDI ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni о‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bо‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 14-bandi “d” kichik bandiga kо‘ra chetlashtirilayotgan holda, institut О‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

Intizomiy jazoga tortilgan talaba о‘ziga qо‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan  tartibda norozilik bildirishi mumkin.

Talabaga nisbatan qо‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.

Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bо‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti – harakat aniqlangandan sо‘ng bir oydan va xatti – harakat sodir etilganidan sо‘ng olti oydan kechiktirilmay qо‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bо‘lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin emas.

Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma’lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan institutga ma’lum qilinadi.

3.10. MRDIda ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holdagi о‘quv shakllarida muvaffaqiyatli о‘qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qо‘shimcha ta’til, institut joylashgan manzilga borish va kelish uchun yо‘l haqi va boshqalar) beriladi.

 

MRDI