Rahbariyat

Universitetimiz rahbariyati bilan tanishing va ular bilan bog'lanish ma'lumotlarini bilib oling

Salixov Omonulla Raxmatullayevich

Salixov Omonulla Raxmatullayevich

Rektor

Qabul vaqti

Seshanba, Payshanba
13:00 - 16:00

Biografiya

Omonulla Salixov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, maʼlumoti oliy.  

Ilmiy faoliyat

2009-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Mahobatli rangtasvir” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash” boshqarmasi boshlig‘i, 2019-2022-yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 2022-2023-yillarda Badiiy akademiyaning “Ijodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va badiiy loyihalar bilan ishlash” boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

O.Salixov madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini oshirish, yosh isteʼdodlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, sanʼat taʼlimida raqamli texnologiyalar va multimedia keng joriy etishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Madaniyat va sanʼat sohasi taʼlimining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga oid tashabbuslari bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.


Yunusov Ravshan Alimjonovich

Yunusov Ravshan Alimjonovich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Qabul vaqti

Seshanba, Chorshanba
14:00 - 17:00

Biografiya

Ravshan Yunusov 1986-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2013-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavr, 2015-yilda esa Madaniyatshunoslik ta'lim yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

Ilmiy faoliyat

Mehnat faoliyati mobaynida 2020-2021-yillar Toshkent davlat stomatologiya instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i, 2021-2025-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

Rashidov Jamshid Xusan o‘g‘li

Rashidov Jamshid Xusan o‘g‘li

O'quv ishlari bo'yicha prorektor

Qabul vaqti

Dushanba, Payshanba
13:00 - 16:00

Biografiya

Jamshid Rashidov 1990-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mazkur institutda 2009-2013-yillarda Grafika: dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo’nalishi bo‘yicha bakalavr, 2013-2015-yillarda esa Grafika mutaxassisligi bo’yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. Dotsent ilmiy unvoniga ega.


Ilmiy faoliyat

Mehnat faoliyati mobaynida institutning 2016-2022-yillarda Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi mudiri, 2022-2024-yillarda Grafika kafedrasi mudiri hamda “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi dotsenti lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

Qurbonova Dilafruz Abdirashidovna

Qurbonova Dilafruz Abdirashidovna

Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor

Qabul vaqti

Dushanba, Chorshanba, Juma, Payshanba
14:00 - 17:00

Biografiya

1980-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tavallud topgan;

1998-2001-yillar - Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Amir Temur nomidagi 88-maktab o‘qituvchisi;

1998-2002-yillar - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi;

2002-2004-yillar - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti;

2002-2002-yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi;

2002-2007 -yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekskursavodi;

2007-2012 -yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi fondlar va arxiv bo‘limi ilmiy xodimi;

2012-2014 -yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Ko‘rgazmalarni ilmiy loyihalashtirish va axborot resurslarini rivojlantirish bo‘limi mudiri;

2014-2016 -yillar - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta ilmiy xodimi;

2017-2018 -yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Manaviyat va ma’rifat bo‘limi asosiy xodimi;

2018-2019 -yillar - O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Muzey va eksponatlar” bo‘limi boshlig‘i;

2019-2020 -yillar - O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Islom dini merosini saqlash” bo‘limi katta ilmiy xodimi;

2020-2020 -yillar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi  “Etnografiya va san’at” ilmiy bo‘limi mudiri;

2019-2022 -yillar - Muzeyshunoslik kafedrasi o‘rindosh katta o‘qituvchisi;

2020 y.- h.v. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori;

2024 y.- h.v. – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Muzeyshunoslik kafedrasi o‘rindosh dotsenti.


Ilmiy faoliyat

17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosligi bo‘yicha “Muzeyshunoslik” kafedrasida o‘rindoshlik asosida dotsent lavozimida faoliyat yuritayotgan, tarix fanlari doktori (DSc), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi esdalik nishoni sohibasi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi FA-A-1-010 – sonli “Amir Temur ensiklopediyasi” nomli, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi FYo1-FA-1-14676 – sonli “O‘zbekiston tarixiga oid madaniy-ma’naviy merosning xorijga tarqalishi va ularning vatanimiz tarixini o‘rganishdagi o‘rni” nomli, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” nomli grantlarda rahbarlik qilgan.   1 ta o‘quv-qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya ва 100 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr etilgan.  


MRDI