Bugun institutimiz galareyasida institut professori, O'zbekiston Xalq rassomi, mohir pedagog va o'ziga xos ijodiy maktab yaratgan ustoz Rustam Adambayevich Xudayberganovning 80 yoshga to'lishi hamda 35 yillik pedagogik faoliyatiga bag'ishlangan «O'zimni izlab» nomli shaxsiy ko'rgazmasi yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Mazkur ko'rgazmani institutimiz rektori Omonulla Salixov ochib berdi. Shuningdek O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, institutimiz professori, akademik Alisher Aliqulov, O‘zbekiston Xalq rassomi Sobir Rahmetov, oʻzbek bayramshunos olimi, madaniyatshunos va professor Usmon Qoraboyev, shuningdek, ijodkorning shogirdlari, hamkasblari va yaqin do‘stlari ishtirok etib, yubiley munosabati bilan ustoz rassomni samimiy muborakbod etdilar. So‘zga chiqqanlar Rustam Xudayberganovning milliy tasviriy san’atimizdagi o‘rni, ijodiy faoliyati va pedagogik faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdilar.

«O‘zimni izlab» ko‘rgazmasi nafaqat rassomning ijodiy yo‘lini, balki uning san’atga bo‘lgan munosabati va yillar davomida shakllangan individual badiiy qarashlarini ham namoyish etdi. Ayniqsa, portretlarda aks etgan turli obrazlar orqali rassomning inson va uning ruhiy olamiga bo‘lgan e’tibori ko‘zga tashlandi.

Institut rahbariyati ustoz rassom, institutimiz professori, O‘zbekiston xalq rassomi Rustam Xudayberganovni 80 yosh yubileyi va 35 yillik pedagogik faoliyati bilan muborakbod etadi!

5330404085263440782_121.jpg

5330404085263440783_121.jpg

5330404085263440785_121.jpg

5330404085263440786_121.jpg

5330404085263440787_121.jpg

5330404085263440788_121.jpg

5330404085263440789_121.jpg

5330404085263440791_121.jpg

5330404085263440784_121.jpg