Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.



🌳 Ayni kunlarda institut hududida manzarali daraxt va o‘simliklar ekilib, mavjud yashil hududlarni parvarishlash, hududni tartibga keltirish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ekilayotgan manzarali o‘simliklar institut hududining yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

✅ Mazkur sa’y-harakatlar talaba-yoshlar uchun zamonaviy, shinam va estetik jihatdan qulay ta’lim muhitini yaratish, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan.

photo_2026-08-21_18-17-36 (2).jpg

photo_2026-08-21_18-17-36 (3).jpg

photo_2026-08-21_18-17-38 (2).jpg

photo_2026-08-21_18-17-38.jpg

photo_2026-08-21_18-17-39 (2).jpg

photo_2026-08-21_18-17-39.jpg