O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi sharafli sanasi munosabati bilan, bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Mirobod tumani mahalla yoshlari o'rtasida "Rektor kubogi" sport musobaqasi tashkil etildi.
💬 Sportning Shaxmat va Stol tennisi turlari bo'yicha o'tkazilgan ushbu musobaqada 20 dan ortiq mahallalardan 100 nafarga yaqin faol yoshlar ishtirok etib, o'zaro kuch sinashishdi. Qizig'in raqobat yoshlarning sportga, mantiqiy fikrlash va g'alabaga bo'lgan intilishini yana bir bor ko'rsatib berdi.
🏆 Yuqori natijalarni qayd etgan va epchillik ko'rsatgan g'olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
✅ Bu kabi sport tadbirlari mahallalar bilan hamkorlikda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o'zaro do'stona aloqalarni mustahkamlash va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida institutda muntazam ravishda o'tkazib kelinadi.