Doktorantimiz “Xitoy va xorij hamkorligida doktorantlarni tayyorlash” grant loyihasi doirasida Pekin universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Tadqiqot jarayonida Xitoy muzeylarining zamonaviy faoliyati, madaniy merosni asrash, muzey ishiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribani o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Ilmiy safar davomida Pekin milliy muzeyi, Pekin poytaxt muzeyi, Pekin san’at muzeyi, Shanxay muzeyi va Xitoy Milliy ipak muzeyi kabi yirik madaniy muassasalar faoliyati o‘rganilib, ilmiy tadqiqot uchun amaliy materiallar to‘plandi. Shuningdek, Peking universitetida tashkil etilayotgan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish va xorijiy tadqiqotchilar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratildi.

Mazkur stajirovka muzeyshunoslik va madaniy merosni asrash yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarni yangi amaliy materiallar bilan boyitish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

5330295710353662255_121.jpg

5330295710353662256_121.jpg

5330295710353662257_121.jpg

5330295710353662258_121.jpg