Bugun O'zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda institutimiz rektori Omonulla Salixov institut talabalar turar joyiga tashrif buyurib, 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.
💬 Tashrif davomida joriy ta’mirlash, obodonlashtirish va sanitariya ishlari, shuningdek, talabalar yashash xonalari, dars tayyorlash zallari, oshxona hamda maishiy xizmat xonalarining yangi o'quv yiliga tayyorlik holati o‘rganildi.
✅ O'rganish davomida mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash va talabalar uchun qulay hamda shinam sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek Talabalar turar joyida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yilib, markaz tomonidan talabalar uchun qulay, xavfsiz va munosib ijara xonadonlarini o‘rganish hamda ular haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari ham olib borilmoqda.
Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va talabalar uchun yanada qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.