Ushbu kelishuv ta'lim, media, san'at va dizayn yo'nalishlarida ikki oliygoh o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda talabalar o'rtasidagi xalqaro akademik va ijodiy almashinuvni kengaytirishga xizmat qiladi.

💬 Hamkorlik doirasida ikki mamlakat talabalari va professor-o'qituvchilarining ijodiy ishlaridan iborat qo'shma ko'rgazmalar tashkil etish, san'atshunoslik, dizayn va zamonaviy media sohasidagi ilmiy konferensiya va seminarlar o'tkazish, talabalar hamda o'qituvchilarning akademik almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, mahorat darslari, ustaxonalar va onlayn ma'ruzalar shaklidagi qo'shma o'quv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek qo'shma nashrlar tayyorlash va o'quv metodikalarini almashish nazarda tutilmoqda.

Bu qadam institutimizning xalqaro ta'lim maydonidagi o'rnini mustahkamlash bilan bir qatorda, talabalarimizga jahon dizayn va san'at maktablari tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi hamda O'zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro auditoriyaga targ'ib etishga xizmat qiladi.

photo_2026-08-27_20-28-34.jpg

photo_2026-08-27_20-28-34 (2).jpg

photo_2026-08-27_20-28-35.jpg

photo_2026-08-27_20-40-24.jpg