Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Sibay shahrida o‘tkazilgan VIII Xalqaro “Uralorti” Butunrossiya forumi doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti professori Dosmetova Zuxra Shavkatovna “O‘zbekistonning an’anaviy bezak va amaliy san’ati” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada o‘zbek xalqining ko‘p asrlik badiiy merosi, an’anaviy bezak va amaliy san’at yo‘nalishlari hamda milliy hunarmandchilik an’analari haqida ma’lumotlar berildi.
Professorning xalqaro forumdagi ishtiroki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish hamda milliy amaliy san’atimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.