Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan xayriya va ijtimoiy ko‘mak aksiyasi tashkil etildi.!
✅ Aksiya doirasida, xodimlar va talabalar institutimiz joylashgan Baynalminal mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
💬 Tashrif davomida keksa avlod vakillarining turmush sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, volontyor talabalar tomonidan xonadonlarni obodonlashtirish va maishiy ishlarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu ezgu tashabbus jamiyatda mehr-oqibat, hurmat va ehtirom muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
✅ Mazkur aksiya yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda insonparvarlik va kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.