San'atshunoslik va Amaliy san‘at fakulteti
Fakultet haqida
Kafedralar
Fakultetda faoliyat yurituvchi kafedralar
Ijtimoiy fanlar va informatika kafedrasi
Ijtimoiy fanlar va informatika kafedrasi talabalarni san’at boshqaruvi, ijtimoiy fanlar va axborot texnologiyalari sohalarida yetakchilik qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va axloqiy tamoyillar bilan ta’minlashga bag‘ishlangan. Bizning missiyamiz — O‘zbekiston va jahon hamjamiyatining madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Badiiy kulolchilik va ta'mirlash kafedrasi
Me’moriy yodgorliklar bezagi Me’moriy yodgorliklarni muhofaza qilish, ta’mirlash va ularning me’moriy-badiiy qadriyatlarini o‘rgatish orqali milliy merosni asrab-avaylash – kafedraning assosiy vazifalaridan biridir. Bunda zamonaviy talablarga mos loyihalar ishlab chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek jamiyatda me’moriy yodgorliklarga ehtirom va ularni asrab-avaylash madaniyatini shakllantirish kafedra faoliyatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi
BatafsilMuzeyshunoslik kafedrasi
Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997-yildan boshlagan bo‘lib, 2001-yildan alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. O‘quv jarayoniga yirik olimlar – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi O‘.Islomov, M.Isxoqov va boshqalar jalb etilishi soha ta’limi yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi
BatafsilAmaliy bezak san'ati kafedrasi
“Amaliy bezak san’ati ” kafedrasi 2023 yili fevral oyidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” kafedrasidan ajralib chiqib, alohida kafedra bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
Yo'nalishlar
Fakultetda 42 ta ta'lim yo'nalishi mavjud