Muzeyshunoslik kafedrasi
Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997-yildan boshlagan bo‘lib, 2001-yildan alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. O‘quv jarayoniga yirik olimlar – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi O‘.Islomov, M.Isxoqov va boshqalar jalb etilishi soha ta’limi yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Kafedra haqida
Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997-yildan boshlagan bo‘lib, 2001-yildan alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi.
O‘quv jarayoniga yirik olimlar – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi O‘.Islomov, M.Isxoqov va boshqalar jalb etilishi soha ta’limi yuksalishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shuningdek, mazkur kafedrada dotsent Kagarova Umida Nabiyevna, katta o‘qituvchi Rabiyeva Farida Nabiyevna, professor, t.f.d. Kuryazova Darmanjon Turayeva hamda kafedra ustozlari tashabbusi bilan qator o‘quv reja va dasturlar - “Numizmatika”, “Geraldika” singari maxsus kurs fanlari, me’yoriy hujjatlar tayyorlandi.
Hozirgi kunda kafedrada 30 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar talabalarga saboq beradilar.
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash) ta’lim yo‘nalishida quyidagi professor -o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda: U.Alimov, S.Qayumov, D.Xamidova, N.Sadikova, B.Madaminov, I.Babadjonova va boshqalar.
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) ta’lim yo‘nalishida quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda: professor, f.f.d. U.Qoraboyev; professor, s.f.n. Z.Raximova; professor, t.f.d. D.Kuryazova; professor v.b., s.f.f.d. (PhD) K.Nishanova; professor., t.f.f.d. (PhD) M.Muxamedova; dotsent v.b., s.f.f.d. (PhD) N.Xasanova; dotsent v.b., s.f.f.d. (PhD) L.Jabbarova; dotsent Ch.G‘aniyeva; dotsent v.b. Sh.Kasimova va kafedra katta o‘qituvchilari: G.Amanxodjayeva, F.Xasanova, kafedra o‘qituvchilari: F.Turgunova, U.Bozorboyeva va boshqalar.
Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi ta’lim yo‘nalishida quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda: dotsent, s.f.f.d. (PhD) M.Abdullayev, dotsent, f.f.f.d. (PhD) O.Madaliyeva, o‘qituvchilar: B. Xodjayeva, Sh. Karimov va boshqalar.
Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy mahorati – san’at asarlarini tiklash va ta’mirlash, badiiy va tarixiy ahamiyatini baholash, ko‘rgazmalardan so‘ng fond zahiraxonalarida saqlashga tayyorlash, muzeylardan tashqarida, shuningdek xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda ularni qalbaki nusxalariga almashtirish xavfini oldini olish uchun har bir asarni zamonaviy texnik uskunalar yordamida tadqiq qilish, ekspertizadan o‘tkazish va baholash ishlarini o‘rganishga qaratilgan.
Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy mahorati - muzeyshunoslikning umumiy nazariyasi, muzeylar va muzeyshunoslik tarixi, hozirgi ahvoli va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda turizmini rivojlantirish, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish, chet ellik hamda mahalliy sayohatchilarni ularga jalb etish, madaniy-tarixiy turizm kabi sayohat dasturlarini yarata oladigan, san’at va muzey turizmi sohasida boshqaruvchilik qobiliyatini rivojlantirish kabi masalalarni o‘rganishga qaratilgan.
Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy mahorati - kutubxonalar, arxiv fondlari va qadimiy qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar saqlanadigan barcha ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylarda atributsiya qilish, konservatsiya va ta’mirlash ishlarini o‘rganishga qaratilgan.
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarning kasbiy faoliyat obyektlari: turli ixtisoslikdagi muzeylar, ko‘rgazmalar, galereyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, nashriyotlarning badiiy tahririyatlari, radio va televidenie, tijorat tizimi ishlari tashkil etadi.
Kafedra mudiri
JABBAROVA LATOFAT TULKINJONOVNA
Darajasiz
Kafedra mudiri
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi: s.f.f.d. (PhD)
Ilmiy unvoni: Unvonsiz
Qabul kunlari: Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
O'qituvchilar
Kafedrada 22 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi
AXMEDXODJAYEVA UMIDA TEMUROVNA
Tasviriy san'at tarixi va nazariyasi
JABBAROVA LATOFAT TULKINJONOVNA
Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, tamirlash va saqlash
QAYUMOV SUXROB SOBIROVICH
Dastgohli rangtasvir
MUXAMEDOVA MUNISA SABIROVNA
Muzeyshunoslik
KARIMOV SHERZOD SHAVKAT O‘G‘LI
Tarixshunos (tadqiqotchi-pedagog) arab va ingliz tillari bilan
XODJAYEVA BASHORAT ZAFARJONOVNA
Targima nazariyasi va amalieoti
BOZORBOYEVA UMIDA MANSUROVNA
Muzeyshunoslik
YADGAROVA NIGORA AKMALOVNA
San'atshunoslik
TURGUNOVA FAZILAT NORMURODOVNA
Muzeyshunoslik; konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash
XAMIDOVA DILFUZA ULUG‘BEK QIZI
San'at asarlarini va me'moriy yodgorliklarini ta'mirlash
ALIMOV UMIDJON JASURDINOVICH
Mahobatli rangtasvir
KURBONOVA DILAFRUZ ABDIRASHIDOVNA
Muzeyshunoslik
SADIKOVA NASIBA BAXTIYOROVNA
Muzeyshunoslik;konservatsiya va badiiy boyliklari saqlash
BABADJANOVA INOBAT ARKADEVNA
San'at nazariyasi va tarixi
ORIFJONOVA GULRA’NO RAVSHAN QIZI
Muzeyshunoslik; konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash
ISMAILOVA JANAT XAMIDOVNA
tarix
XASANOVA NARGIZA SAGDULLAYEVNA
Tasviriy va manzarali-amaliy san'at
RAXIMOVA ZUXRA IBRAGIMOVNA
San'atshunos
AMANKHODJAYEVA GULNORA NIGMATDJANOVNA
Tasviriy va manzarali-amaliy san'at
KURYAZOVA DARMANJAN TURAYEVNA
Muzeyshunoslik
XASANOVA FERUZA RAXMONALIYEVNA
Muzeyshunoslik
KASIMOVA SHAXNOZA ALISHEROVNA
Muzeyshunoslik; konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash
Ilmiy faoliyat
Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar
Xalqaro hamkorlik
Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik universitetlar