Talabalarimiz tashabbusi: "Culture Swap Box" - San'at orqali sokin diplomatiya!

E'lon tafsilotlari

E'lon

Talabalarimiz tashabbusi: "Culture Swap Box" - San'at orqali sokin diplomatiya!

08.01.2026 18:30 15 ko'rildi admin
Talabalarimiz tashabbusi: "Culture Swap Box" - San'at orqali sokin diplomatiya!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talaba yoshlar tashabbusi bilan xalqaro madaniy almashinuv loyihasi — “Culture Swap Box” yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyiha doirasida institutimiz talabalari tomonidan yaratilgan tanlangan san’at asarlari, xatlar, milliy libos va suvinerlar, kulolchilik buyumlari bitta katta madaniy qutiga jamlanib, Xitoydagi hamkor oliy ta'lim muassasalariga yuboriladi.


Ishlarni topshirishdagi muhim talablar:

taqdim etiladigan rasmlar A4/3 formatida bo‘lishi shart;

asarlar mavzusi yurtimiz milliy qadriyatlari, an’analari, tarixiy ruh va madaniy merosini targ‘ib etishi zarur.


Loyiha qatnashchilari uchun imkoniyatlar:

o‘z shaxsiy brendi va ijodiy uslubini xalqaro auditoriyaga tanitish;

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini chet eldagi tengdoshlariga namoyish etish;

xalqaro do‘stlik va ijodiy aloqalarni kengaytirish.

Culture Swap Box — bu sovg‘a emas, bu san’at orqali yaratilgan do‘stlik elchixonasi.

Ishlarni loyiha tashabbuskori Shamsiqamar Suyunovaga @Project_ceo1 telegram manzili orqali topshirishingiz mumkin.


MRDI