“Shamsiro‘y Hasanova stipendiyasi” tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda!
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026 o‘quv yili bahorgi semestr uchun “Shamsiro‘y Hasanova stipendiyasi” tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda!
Stipendiya tanlovi uchun hujjatlar joriy yilning 25-mart sanasiga qadar qabul qilinishini eslatib o‘tamiz!
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Bakalavriat va magistratura talabalarining sinov daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekanining muhri bilan tasdiqlangan holda);
Talabgor ijodiy ishi namunalarining badiiy xulosasi fakultetning yetakchi professor-o‘qituvchilar imzosi bilan tasdiqlangan holda;
San’atshunoslik va muzeyshunoslik yo‘nalishidagi talabalar ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza, tezis/maqolalari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar ro‘yxati va nusxalari ilmiy xulosasi. Bunda fakultetda yetakchi professor-o‘qituvchilar imzolari bilan;
Talabgorning ilmiy-ijodiy ishlariga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan berilgan taqriz va fikrnomalar;
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga uchrashishingiz yoki @shaxzod_1510 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin!
Quyidagi havola orqali "Shamsiro'y Hasanova stipendiyasi" nizomi bilan tanishishingiz mumkin:
"Shamsiro'y Hasanova stipendiyasi" nizomi!