DIQQAT, TANLOV

E'lon tafsilotlari

E'lon

DIQQAT, TANLOV

10.01.2026 10:25 27 ko'rildi admin
DIQQAT, TANLOV

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Bojxona qо‘mitasi О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Mening armiyam-mening faxrim!” mavzusidagi eng yaxshi tasviriy san’at asarlari tanlovini

E’LON QILADI!


Tanlov harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, yosh ijodkorlar, shuningdek, о‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-о‘quvchilari о‘rtasida tashkil etiladi.


Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga qо‘yiladigan asosiy talablar:


о‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish, Vatan taqdiriga befarq bо‘lmaslikni yoshlar ongiga, qalbiga singdirish;


Qurolli Kuchlar faoliyatidan faxrlanish, Vatanga va harbiy qasamyodga sodiqlik;


xalq bilan armiyaning birdamligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyatda armiyaning о‘rni va ahamiyati;


Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy an’analar, harbiy burch, nomus, mardlik va jasoratni ulug‘lash; qahramonlik va jasurlik siymolari;


tarixiy shaxslar, buyuk sarkardalarimizning siymolari, tarixiy janglardagi buyuk vatanparvarlik aks ettirilishi; Vatan himoyachilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining ijobiy timsolini yaratish.

 

Tanlovda yosh ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, о‘rta va oliy ta’lim muassasalari talaba-о‘quvchilari tasviriy san’at yо‘nalishi bо‘yicha ishtirok etishlari mumkin.


Tanlovda ishtirok etish istagida bо‘lgan havaskor va yosh ijodkorlar о‘z ijodiy ishlarini 2026 yilning 14 yanvar sanasiga qadar О‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabiga (Toshkent shahri, uchtepa tumani, 26-mavze. Shirin koichasi I A-uy,

 ijodiy ishlarini ariza bilan olib kelishlari mumkin. 


 Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 272-88-18, 97 445-51-09)


MRDI