Registrator ofisi bo'limi

Bo'lim

Registrator ofisi bo'limi

Bo'lim

Bo'lim haqida

Registrator ofisi haqida

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyunda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32 – son bayoni va Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-son qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan.

Xizmat ko'rsatish bo'limi vazifalari

QR kodli diplom shakllantirish;

Akademik maʼlumotnoma va transkript berish;

Akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;

Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;

Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;

Imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

Oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

Oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

Oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;

Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirishga yordamlashish;

Talaba guvohnomasini yaratish va talabaga taqdim etish;

Talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;

Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;

Talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;

Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;

Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;

Talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

Talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;

Talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;

Talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;

talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;

Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;

Talabalarning parolini tiklash;

Talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;

Talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;

Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;

Tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;

Oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalarning fanlar farqini aniqlash;

Oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.

Talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;

Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;

Oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

Xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

Xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;

Xorijlik talabalarni oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;

Xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

Qayta oʻqishga shartnoma berish;

Stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;

Hisob varagʻini shakllantirib berish;

Talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

Talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

Talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

Talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

Toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;

Bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

Grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;

Ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;

Innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;

Nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;

Ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;

Ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

Talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;

Oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;

Talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;

Talabalarga ottda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.

Bo'lim rahbari
AZIMOV FARXOD ERKINOVICH

AZIMOV FARXOD ERKINOVICH

Bo‘lim boshlig‘i

Lavozimi:Bo’lim boshlig’i

Manzil:Toshkent sh. Mirobod tumani 123-uy

Qabul kunlari:Dushanba-Juma 14:00-17:00

Aloqa:

Pochta:

Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?

Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.

MRDI