O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli loyihalardan biri bo‘lgan — “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofotining taqdirlash marosimi o‘zgacha ruh va keng qamrovda o‘tkazildi.

Quvonarlisi, ushbu milliy mukofotning "Yilning eng yaxshi rangtasvir rassomi" nominatsiyasiga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, "Miniatyura va kitob grafikasi" kafedrasi o‘qituvchisi  Alisher Hamdamov munosib deb topildi hamda yuqori darajada tashkil etilgan tadbir davomida tantanali ravishda taqdirlandi.

Institut rahbariyati hamda jamoasi nomidan, yurtimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘qituvchimizni ushbu yuksak e'tirofga sazovor bo‘lganligi munosabati bilan tabriklagan holda, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!