Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov mas'ul xodimlar bilan birgalikda institut talabalari yashaydigan ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rektor ijara xonadonlaridagi talabalarning yashash sharoitini o‘rganib, ular bilan  samimiy va ochiq muloqot qildi. Muloqot davomida talabalarning taklif va muammolari tinglanib, ijarada yashovchi talabalar uchun institut tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mas'ullar ijara xonadonlaridagi talabalarning yashash sharoitini o‘rganish bilan birga, ularga tabiiy gaz va elektr tokidan to'g'ri foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish hamda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida xonani isitish maqsadida turli qo'lbola va ruxsat etilmagan qurilmalardan foydalanmaslik yuzasidan tegishli tushuntirish ishlarini olib borishdi. 

photo_2026-01-19_23-47-59 (2).jpg

photo_2026-01-19_23-47-59 (3).jpg

photo_2026-01-19_23-47-59 (4).jpg

photo_2026-01-19_23-48-00.jpg

photo_2026-01-19_23-47-59 (5).jpg