Joriy yilning 5–7-fevral kunlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Sehrli ranglar” Respublika ijodiy tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, kasbiy taʼlim muassasalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tanlovda respublikaning 14 ta hududidan tashrif buyurgan, 6 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 600 nafardan ortiq ishtirokchi “Dastgohli rangtasvir”, “Dastgohli grafika”, “Miniatyura”, “Haykaltaroshlik”, “Amaliy sanʼat” va “Dizayn” yoʻnalishlarida oʻz isteʼdodini namoyish etdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan shaffoflik tamoyillari asosida baholandi. Natijada har bir yoʻnalish va yosh toifasi boʻyicha gʻoliblar va  Gran-pri sohiblari aniqlanib, tanlov yakunida diplom, kubok, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

photo_2026-02-07_14-43-44 (2).jpg

photo_2026-02-07_14-43-44 (3).jpg

photo_2026-02-07_14-43-44 (4).jpg

photo_2026-02-07_14-43-44 (5).jpg

 

 

photo_2026-02-07_14-43-45.jpg

photo_2026-02-07_14-43-45 (2).jpg

photo_2026-02-07_14-43-45 (3).jpg

photo_2026-02-07_14-43-45 (4).jpg

photo_2026-02-07_14-43-45 (5).jpg