Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar va qadrli talabalar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman! Ushbu muqaddas ayyom qalblarimizdagi sabr, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Ramazon hayiti jamiyatimizda o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitini qaror toptirishda muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu qutlug‘ kunlarda barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Ezgu niyat va amallaringiz ijobat bo‘lib, yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda farovonlik va totuvlik hukm sursin.
Ramazon hayiti - yana bir bor, barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov!