Bugun Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 5–7-mart kunlarida o'tkazilishi belgilangan “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi xalqaro forum o'z ishini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli hamda ikki mamlakatning nufuzli oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etayotgan uchrashuvda institutimiz rektori Omonulla Salixov boshchiligidagi delegatsiyamiz ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda Vengriyaning Moholy-Nagy San’at va dizayn universiteti rektori Csaba Kovácslar o'rtasida rasmiy uchrashuv o'tkazilib, o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda kelgusida tomonlar o'rtasida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, xorijiy stajirovka dasturlarini yo'lga qo'yish kabi muhim masalalarda istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, forumda institutimizning Tasviriy san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Shamsiqamar Suyunova "O'zbekiston Yoshlar akademiyasi" nomidan so'zga chiqib, Yoshlar akademiyasining asosiy faoliyati va yutuqlari haqida ma'lumot berdi hamda O'zbekiston Yoshlar akademiyasi bilan Vengriya akademik institutlari o'rtasida qo'shma tanlovlar, tadqiqotchilar almashinuvi va innovatsion hamkorlikni o'z ichiga olgan rasmiy sheriklik o'rnatish taklifini berdi.