Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati Vengriyaning Moholy-Nagy San’at va dizayn universiteti rektori Csaba Kovács bilan  uchrashuv o‘tkazdi.

  Bugun institutimizga O‘zbekiston-Vengriya oliy ta'lim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi doirasida joriy yilning 5-mart kuni insitutimiz bilan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangan Vengriyaning Moholy-Nagy San’at va dizayn universiteti rektori Csaba Kovács tashrif buyurib, institut faoliyati, o'quv jarayoni va talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tashrif mobaynida Csaba Kovács institutimiz rahbariyati bilan uchrashib, memorandumda belgilangan vazifalar hamda  ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta'minlovchi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi hamkorlik aloqalari institutimizning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!

5285121347413546710_121.jpg

5285121347413546711_121.jpg

5285121347413546712_121.jpg

5285121347413546713_121.jpg

5285121347413546714_121.jpg

5285121347413546715_121.jpg

5285121347413546716_121.jpg

5285121347413546717_121.jpg

5285121347413546718_121.jpg