Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rahbariyati ochib berib, yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bugungi kunda yurtimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida Toshkent harbiy okrugi qo’shinlari do’mondonligi harbiy xizmatchilari, Yashnobod tumani 170-maktabning “Shunqor training” harbiy sport klubi o’quvchilari va institut talabalari tomonidan  Vatan himoyasi, jasorat va mardlik mavzularida  tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, harbiy vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

So‘zga chiqqan mehmonlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiyaga hurmat, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlashdi.

Tadbir yakunida faol talabalar va tashkilotchilar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

5417893363651908703_121.jpg

5417893363651908704_121.jpg

5417893363651908705_121.jpg

5417893363651908706_121.jpg

5417893363651908707_121.jpg

 

5417893363651908708_121.jpg

5417893363651908709_121.jpg

5417893363651908723_121.jpg

5417893363651908724_121.jpg

5417893363651908710_121.jpg

5417893363651908711_121.jpg

5417893363651908727_121.jpg

5417893363651908729_121.jpg

5417893363651908731_121.jpg

5417893363651908732_121.jpg