Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025–2026-o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlari doirasida 1–2-bosqich magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning ilmiy faoliyati monitoringdan o‘tkazildi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli “Magistratura to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining IX bob, 48-bandiga muvofiq tashkil etildi.
Jarayonni samarali tashkil etish maqsadida institutning professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad magistratura talabalari ilmiy faoliyatini muntazam nazorat qilish, magistratura bosqichida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini yanada rivojlantirishdan iborat.