Ayni paytda Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Roma Tre universitetida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining Ikkinchi forumi oʻtkazilmoqda. Forumda “Italiya va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida oʻtayotgan anjumanda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CRUI) hamda yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Mazkur forumda institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi Oybek Islamovlar ham ishtirok etishmoqda. Bugun institutimiz rahbari forum doirasida Italiyaning tasviriy san'at sohasida yetakchi hisoblangan Rim Tasviriy san'at universiteti (RUFA) ga tashrif buyurib, universitet rahbariyati bilan uchrashdi hamda ushbu oliygoh faoliyati va o'quv jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida ikki tomon rahbarlari o'rtasida rasmiy uchrashuv o'tkazilib, o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda kelgusida tomonlar o'rtasida talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, xorijiy stajirovka dasturlarini yo'lga qo'yish kabi muhim masalalarda istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Bu kabi hamkorlik aloqalari institutimizning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!

5235948034913408525_121.jpg

5235948034913408526_121.jpg

 

 

5235948034913408527_121.jpg

5235948034913408528_121.jpg

5235948034913408529_121.jpg

5235948034913408530_121.jpg