O‘zbekistonda AI Alliance Uzbekistan ishga tushirildi. Ushbu platforma sun’iy intellekt sohasida ta’lim, biznes, davlat va xalqaro hamkorlarni yagona innovatsion ekotizimga birlashtiradi.
AI Alliance nimalarni taklif etadi?
Platforma quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
Sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot, ta’lim va davlat boshqaruviga joriy etishni jadallashtirish
Startaplar, IT-mutaxassislar, tadqiqotchilar va yirik kompaniyalar o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish
Xalqaro tashkilotlar va yetakchi ekspertlar bilan strategik sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish
Global forumlar, ko‘rgazmalar va texnologik tadbirlarda O‘zbekiston ishtirokini ta’minlash
Nega bu muhim?
O‘zbekiston 2030-yilga borib sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning TOP–50 davlatlari qatoriga kirishni maqsad qilgan;
AI yo‘nalishlari maktablar va universitetlar ta’lim dasturlariga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda;
Yoshlar va startaplar uchun grantlar, tanlovlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaymoqda
A’zolik va hamkorlik
Agar siz ham AI Alliance Uzbekistan a’zoligiga qo‘shilib, sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:
Rasmiy sayt: www.ai-alliance.uz
+998-93-385-36-09