Toshkent viloyati Bo'ka tumani 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o'qituvchisi Ziyodillo Farmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

Shuningdek, "Mahorat darsi" davomida o'qituvchimiz tomonidan mazkur maktab o'quvchilariga ranglar uyg‘unligi, kompozitsiya yaratish, ijodiy tafakkur va rassomlikning nozik jihatlari haqida amaliy saboqlar berilib, shu bilan birga institutimiz faoliyati va ta'lim yo'nalishlari haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.