Haykaltaroshlik kafedrasi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti nomi bilan mashhur, mahoratli tasviriy va amaliy san’at ustalarini tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohidir. 1959-yildan boshlab institutda haykaltaroshlik alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida shakllana boshladi.

2003
Tashkil etilgan
100
O'qituvchilar
100
Tadqiqot loyihalari
5
Xalqaro hamkorlar

Kafedra haqida

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti nomi bilan mashhur, mahoratli tasviriy va amaliy san’at ustalarini tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohidir.

1959-yildan boshlab institutda haykaltaroshlik alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida shakllana boshladi. Ushbu yo‘nalishda ko‘plab yirik san’at arboblari va tajribali haykaltaroshlar faoliyat yuritib, o‘z bilim va tajribalarini talabalarga o‘rgatganlar. Ular orasida Chelishev Pyotr Panfilovich, Ulug‘bek Mardiyev, Anvar Kamilovich Ahmedov, Anvar Abrorovich Raxmatullayev, Vitaliy Vasilievich Vanyakin, Tulyagan Tadjixodjayev, Abdumumin Baymatov, Viktor Malaxov, Ravshan Tursunovich Mirtojiyev, Kamol Jabbarov, Bayat Pulatovich Muxtarov va Rustam Ermetov kabi yetuk mutaxassislar bor bo‘lib, ular institutda ko‘p yillar davomida samarali pedagogik faoliyat olib borishgan. Ushbu yo‘nalishda faoliyat boshlagan o‘qituvchilar orasida institut bitiruvchilari ham alohida o‘rin egallaydi. Anvar Abrorovich Raxmatullayev, Ulug‘bek Mardiyev, Tulyagan Tadjixodjayev, Ravshan Tursunovich Mirtojiyev va Ilhom Jabbarov ana shunday yetuk mutaxassislardan bo‘lib, ular mazkur dargohda tahsil olib, keyinchalik pedagogik faoliyatni shu yerda davom ettirganlar.Shuningdek, haykaltaroshlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatgan ustozlar orasida Sankt-Peterburgdagi I.E. Repin nomidagi Rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutining bitiruvchilari ham bor bo‘lib. Jumladan, 1965-yilda Anvar Kamilovich Ahmedov, 1986-yilda Abdumumin Baymatov, 1999-yilda Kamol Jabbarov ushbu nufuzli oliygohni tamomlab, Vatanga qaytgach, institutda ko‘p yillar davomida haykaltaroshlik sohasi rivoji uchun fidokorona xizmat qilganlar, o‘z bilim va tajribalarini yosh avlodga baxshida etganlar.1991-yilda institutga Manon Uyg‘ur nomi berilib, u Toshkent teatr va rassomlik instituti deb nomlana boshladi. 1986-yildan 1998-yilgacha haykaltaroshlik yo‘nalishining ilmiy-uslubiy va tashkiliy ishlariga rahbarlik qilish vazifasi Abdumumin Baymatov zimmasida bo‘lgan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov farmoniga muvofiq, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etildi. U Tasviriy san’at fakulteti negizida mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida ajralib chiqdi. Dastlab “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi tarkibida faoliyat yuritdi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, yuqori intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh va zamonaviy talablar darajasida javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu yuksak vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ruxsati va Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy kengashining 2003-yil 30-maydagi qaroriga asosan “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi mustaqil kafedra sifatida “Mahobatli rangtasvir” kafedrasidan ajralib chiqdi. 2003–2011-yillarda yangi tashkil etilgan Haykaltaroshlik kafedrasiga Kuryazov Ulug‘bek Turayevich rahbarlik qildi. 

USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH

Kafedra mudiri

USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH

Darajasiz

Kafedra mudiri

NODIRBEK SHAVKATOVICH USMANOV
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Seshanba-Payshanba, 09:00 – 17:00
Telefon raqami: (+99871) 244-36-84
Email: haykaltaroshlikafedrasi@mail.ru
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko’chasi, 123-uy

O'qituvchilar

Kafedrada 11 nafar malakali o'qituvchi faoliyat yuritadi

RAXMATOV RUFAT SAITOVICH

RAXMATOV RUFAT SAITOVICH

Stajer-o‘qituvchi
Darajasiz
Mutaxassislik:
Haykaltarosh
XAKIMOV BOTIR BAXODIROVICH

XAKIMOV BOTIR BAXODIROVICH

Katta o‘qituvchi
Darajasiz
Mutaxassislik:
Haykaltaroshlik
USMANOV ULUGBEK SHAVKATOVICH

USMANOV ULUGBEK SHAVKATOVICH

Dotsent
Darajasiz
Mutaxassislik:
Me'moriy bezaklar plastikasi rassomi
KURYAZOV ULUGBEK TURAYEVICH

KURYAZOV ULUGBEK TURAYEVICH

Dotsent
Darajasiz
Mutaxassislik:
Me'moriy bezaklar plastikasi rassomi
USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH

USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH

Kafedra mudiri
Darajasiz
Mutaxassislik:
Me'morchilik bezaklari plastikasi rassomi
SAIDOV UKTAMBOY RADJABBAYEVICH

SAIDOV UKTAMBOY RADJABBAYEVICH

Katta o‘qituvchi
Darajasiz
Mutaxassislik:
Dastgohli rangtasvir

TAIROVA XOLIDA XAMIDOVNA

Stajer-o‘qituvchi
Darajasiz
Mutaxassislik:
Haykaltaroshlik
JABBAROV ILXOM XXX

JABBAROV ILXOM XXX

Professor
Darajasiz
Mutaxassislik:
Rassom-haykaltarosh
XATAMOV AZAMAT KAMALOVICH

XATAMOV AZAMAT KAMALOVICH

Professor
Darajasiz
Mutaxassislik:
Haykaltarosh-rassom
ASROROV O‘TKIR QUDRATOVICH

ASROROV O‘TKIR QUDRATOVICH

Katta o‘qituvchi
Darajasiz
Mutaxassislik:
Haykaltarosh
MIRZAXASHIMOVA NAFISA MIRZAXAMEDOVNA

MIRZAXASHIMOVA NAFISA MIRZAXAMEDOVNA

Dotsent
Darajasiz
Mutaxassislik:
Arxitektor

Ilmiy faoliyat

Kafedrada olib borilayotgan tadqiqot ishlari va loyihalar

Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi

Xalqaro hamkorlik

Kafedra xalqaro hamkorlik dasturlari va sherik universitetlar

Ma'lumotlar tez orada qo'shiladi
MRDI